Huawei 1
Jizzax shahrida 812,9 mln so‘mlik tabiiy gazni yashirin ravishda talon-toroj qilgan shaxs ushlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Jizzax shahridagi “L.F.I” MCHJ rahbari J.O. jamiyatga qarashli mehmonxonani o‘zboshimchalik bilan hisoblagichdan tashqari gaz tarmog‘iga ulab, 812,9 mln. so‘mlik tabiiy gazni yashirin ravishda talon-toroj qilgan.

 Viloyat prokuraturasi tomonidan J.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar to‘liq undirilishi taʼminlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102001 | Инструменты