Huawei 1
Vengriya kompaniyasi O'zbekistonda shaharsozlik sohasida innovatsion yondashuv asosidagi zamonaviy yechimlarni taklif qilmoqda

O'zbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning shahar infratuzilmasi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "Kuube Hungary Kft." innovatsion kompaniyasi rahbari Gallay Mate bilan uchrashuv o'tkazdi

Muloqot chog'ida O'zbekistonda shaharsozlikda innovatsion yondashuv asosida zamonaviy yechimlarini joriy etish va kompaniya mahsulotlarini mahalliylashtirish asosida iqtisodiyotimizga investitsiyalarni jalb qilish hamda 17-18-oktabr kunlari Qo'qon shahrida bo'lib o'tadigan O'zbekiston–Vengriya biznes-forumiga mazkur kompaniya vakillarining ishtiroki muhokama qilindi.

Gallay Mate O'zbekistondagi ulkan salohiyatni qayd etish barobarida, respublikada kompaniya mahsulotlariga bo'lgan talabni o'rganishini va uning natijalari asosida ishlab chiqarishni joriy etishga tayyorligini bildirdi. U, shuningdek, Qo'qonda tashkil etilayotgan tadbirlarga qatnashishini tasdiqladi. 

Uchrashuv yakunida kompaniya delegatsiyasining O'zbekistonga safarini ishlab chiqish va korxona mahsulotlariga bo'lgan talabni o'rganish bilan birga ishlab chiqarishni mahalliylashtirish istiqbollarini muhokama qilishga kelishib olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100421 | Инструменты