Huawei 1
8 oyda 37 mingga yaqin fuqarolarga jami 9,9 trln so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratildi

Joriy yilning o‘tgan 8 oyida 37 mingga yaqin fuqarolarga jami 9,9 trln. so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlari ajratildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Markaziy bank boshqarma boshlig‘i  ishtirokida Nodir Komilov maʼlum qildi.

Joriy yil 1 sentyabr holatiga ipoteka kreditlarining qoldig‘i 63,6 trln. so‘mga yetdi (2021 yil boshiga nisbatan 2,2 barobarga oshgan).

Joriy yilda ajratilgan ipoteka kreditlarining 56 foizi (5,6 trln. so‘mi) markazlashgan mablag‘lar, 33 foizi (3,2 trln. so‘mi) bankning o‘z mablag‘lari, 11 foizi (1,1 trln. so‘mi) esa “Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ mablag‘lari hisobidan ajratilgan ipoteka kreditlari hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida ajratilgan jami 9,9 trln. so‘m miqdoridagi ipoteka kreditlarining 4,1 trln. so‘mi yoki 41 foizi ham ikkilamchi bozordan uy-joylar sotib olish uchun yo‘naltirilgan. 

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi uchun ajratilgan kreditlarning umumiy qoldig‘i 2 804 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020 yil boshiga nisbatan 2,5 barobarga yoki 1 419 mlrd. so‘mga oshgan. 

Ko‘chmas mulk bozorida amalga oshirilgan ishlar natijasida aholining uy-joy bilan taʼminlash darajasi sezilarli ravishda oshdi. Xususan, uy xo‘jaliklarining uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi (housing units per household) 2018 yildagi 94 foizdan 2023 yildagi 1,03 foizgacha o‘sgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100423 | Инструменты