Huawei 1
Xalqaro turizm ko’rgazmasida O’zbekiston va Janubiy Koreya klinikalari hamkorlik borasida kelishib oldilar

Xalqaro turizm ko’rgazmasida O’zbekiston delegatsiyasi tibbiyot turizmi bo’yicha ham o’z xizmatlarini taklif etmoqda. Xususan, Bolalar Milliy tibbiyot markazi, Respublika pediatriya markazi va xususiy klinikalar tibbiy xizmatlar haqida mehmonlarga ma’lumot berib, ularni yurtimizga jalb qilishmoqda. Shu bilan birga xorijiy davlatlarning tibbiyot sohasi vakillari bilan turli memorandumlar ham imzolandi. Xususan, Bolalar milliy tibbiyot markazi Janubiy Koreya klinikasi bilan shifokorlar malakasini oshirish va tajriba almashishga kelishib olishdi.

Respublika Pediatriya markazi ham Janubiy Koreyaliklar bilan memorandum imzolash arafasida turibdi. Ma’lumot o’rnida, markaz xizmatlaridan 1000 ga yaqin Qozog’iston fuqarolari foydalanadi.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51206 | Инструменты