Huawei 1
Xitoy bilan hamkorlikda O'zbekistonda musiqiy asboblar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxona quriladi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Sun Ye Li bilan uchrashdi

"Xitoy Xalq Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Sun Ye Li janoblari bilan uchrashdik.

Muloqotimiz o‘tgan yillar davomida yuqori bosqichga ko‘tarilgan ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy hamkorlik, xususan ikki tomonlama madaniyatlar almashinuvini muhokamasi bilan boshlandi.

Shundan so‘ng, joriy yilning fevral oyida Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tadigan “Quvnoq bahor bayrami” loyihasi doirasida Xitoy markaziy opera teatrining gastrol tadbirini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqdik.

Shuningdek, yurtimizda musiqiy asboblar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar yo‘qligini inobatga olib, mazkur loyihaga investitsiya kiritish yuzasidan o‘zaro fikr-mulohaza va takliflar almashdik.

Bundan tashqari, O‘zbekiston – Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida madaniy-gumanitar sohada O‘zbek – Xitoy kichik qo‘mitasining majlisini o‘tkazish yuzasidan o‘z takliflarimizni bildirdik.

Muloqotimiz davomida madaniy iqtisodiyot sohasida o‘zaro tajriba almashish Dasturini yo‘lga qo‘yish, Xitoyda o‘zbek teatrlari texnik xodimlarini malakasini oshirishni yo‘lga qo‘yish, madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish hamda sohadagi zamonaviy texnologiyalar uchun Xitoyning grant dasturlarini jalb qilish, xitoylik teatr sohasi vakillarini O‘zbekistonga amaliy tashrifini amalga oshirish borasida mavjud takliflarni ko‘rib chiqdik", - deya yozgan Madaniyat vaziri o'z rasmiy sahifasida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42916 | Инструменты