Huawei 1
Xitoy kompaniyasi Farg‘onada yuklagich texnikalari ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Shandong Hualiang Heavy Industry Machinery” kompaniyasi vakillari Gay Guoshuay hamda Chen Xonglianni qabul qildi.

Viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil yanvar oyida Xitoyga amaliy tashrifi davomida o‘tkazilgan muzokaralarda erishilgan kelishuvlar doirasida viloyatimizga kelgan Xitoy kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvda Farg‘onada yuklagich texnikalari ishlab chiqarish investitsion loyihasini amalga oshirish hamda Ekoshahar hududida 20 qavatdan yuqori turar-joylar majmuasi barpo etish masalalari muhokama qilindi.

Qiymati 20 mln. dollar bo‘lgan ushbu loyiha yuklagich texnikalarini ishlab chiqarish bilan birga ehtiyot qismlarining lokalizatsiyani ham o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqariladigan texnikalar yangi O‘zbek brendi bilan ichki va tashqi bozorga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, Ekoshahar hududida 20 qavatdan yuqori turar-joylar majmuasi barpo etish bo‘yicha o‘z konsepsiyalarini viloyat hokimiga taqdim etgan Xitoy vakillari, ko‘p qavatli uylar uchun zarur texnologik shartlarni hisobga olgan holda, beton qorishmasi ishlab chiqarish korxonasi rejalarini ham maʼlum qildilar. Bunda kompaniya tomonidan barpo etiladigan uylarda yuqori sifatni taʼminlash bilan birga, shahar hududida 20-30 qavatli binolar qurishga kirishayotgan boshqa qurilish kompaniyalariga ham talab etiladigan sifatdagi beton qorishmasini yetkazib berish imkoniyati shakllanadi.

Viloyat hokimi ushbu loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov hamda viloyat hokimining Farg‘ona va Xitoy o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Otaxon Xayrullayev ham ishtirok etdilar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61002 | Инструменты