Huawei 1
O‘zbekiston-Slovakiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 9-iyun kuni Toshkentda IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston-Slovakiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Shohruh Gulamov ishtirok etdi.

Ushbu tadbir ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini o‘rganish va ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratishda muhim maydon bo‘ldi.

Slovakiya kompaniyalari O‘zbekiston bozorida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash va kengaytirishga katta qiziqish bildirmoqda. AZC, OFZ, Rokosan, Matador kabi kompaniyalar avtomobilsozlik, metallurgiya, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va energetika kabi sohalarda tajribaga ega.

Tadbir yakunida mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo sanoati, transport, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi, energetika, oziq-ovqat sanoati, axborot texnologiyalari, sog‘liqni saqlash va metallurgiya kabi sohalarda 15 ta loyiha bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlar imzolandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61002 | Инструменты