Bugungi kunda, Yaqin Sharq mintaqasida yuzaga kelgan murakkab geosiyosiy vaziyat mazkur hudud orqali amalga oshirilayotgan tranzit, tashqi savdo operatsiyalariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Natijada logistika uzilishlari, transport yo‘nalishlaridagi kechikishlar, bojxona rasmiylashtiruvi hamda xalqaro to‘lovlar bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Shu munosabat bilan, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalarni tezkor qo‘llab-quvvatlash maqsadida favqulodda yordam mexanizmi joriy etildi.
Mazkur mexanizm doirasida tadbirkorlar tomonidan @miit_tashqisavdo_bot telegram-boti hamda respublika eksport shtabi huzurida 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi Call-markazga (+998-71-238-52-52 telefon raqami) bevosita murojaat qilishlari mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30316 | Инструменты