Travel Safety Ranking reytingida Oʻzbekiston “eng yuqori xavfsizlik” toifasiga kiritilgan. Turizm qo‘mitasi matbuot xizmatining bildirishicha, bu e’tirof O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda xorijiy sayyohlar uchun osoyishta muhit yaratish borasidagi ishlarning xalqaro miqyosdagi ifodasidir.
Ceoworld Magazine nashri tomonidan e’lon qilingan 2027-yilgi Travel Safety Ranking reytingida Oʻzbekiston 198 ta davlat orasida sayohat xavfsizligi darajasi juda yuqori deb baholangan mamlakatlar qatoridan joy oldi.
Turizm qo‘mitasi matbuot xizmatining bildirishicha, bu e’tirof O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda xorijiy sayyohlar uchun osoyishta muhit yaratish borasidagi ishlarning xalqaro miqyosdagi ifodasidir.

Reytingda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham xavfsizlik darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa-da, Oʻzbekiston81 03 ball bilan “eng yuqori xavfsizlik” (Very High) toifasiga kiritilgan. Bunda mamlakatdagi tinchlik va barqarorlik, jamoat tartibi hamda ichki osoyishtalik muhim omillar sifatida baholangan. Xususan, 2026-yilgi Global Peace Index natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoning tinch mamlakatlari qatorida qayd etilgan.

Qo‘shni davlatlardan
- Qozog‘iston 44-oʻrin;
- Turkmaniston 57-oʻrin;
- Qirgʻiziston 65-oʻrin;
- Tojikiston 73-oʻrinda qayd etilgan.
Reytingdagi dastlabki 10 talikdan quyidagi davlatlar o‘rin oldi:
Reytingda eng oxirgi o‘rinni 12,98 ball bilan Gaiti egalladi. Afg‘oniston, Janubiy Sudan, Yaman va Rossiyada ham sayohat uchun xavfsizlik darajasi past deb topilgan.
Avvalroq AQSH Davlat departamenti Oʻzbekistonni amerikalik sayyohlar uchun xavfsiz sayohat yoʻnalishi sifatida baholagandi. Xususan, mamlakat uchun toʻrt darajali sayohat xavfsizligi tavsiyalari tizimining 1-darajasi — Exercise Normal Precautions (Odatiy ehtiyot choralariga rioya qilish) belgilangan. Bu sayohatchilar uchun xavfsizlik bilan bogʻliq xavflar eng past darajada ekanini va mamlakatga odatiy ehtiyot choralariga rioya qilgan holda tashrif buyurish mumkinligini anglatadi.
Ceoworld Magazine — xalqaro biznes, iqtisodiyot, moliya, texnologiya va sayohat yoʻnalishlarini yorituvchi ingliz tilidagi nufuzli onlayn nashr. Nashrning auditoriyasi dunyoning 180 dan ortiq mamlakatidagi 12,4 milliondan ziyod oʻquvchini qamrab oladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112513 | Инструменты