Yil yakuniga qadar barcha yo‘nalishdagi aholi va tadbirkorlik subyektlarining talablariga asosan 160 mlrd.so‘m imtiyozli kredit ajratilishi kutilmoqda. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “Mikrokreditbank”ATB axborot xizmati rahbari Sarvar Ochilov maʼlum qildi.
Oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida imtiyozli kredit mablag‘iga ehtiyoji bor aholi ortiqcha vaqt sarflamasdan bankning “Mavrid” ilovasi orqali kreditga ariza yuborish imkoni yaratildi.
Buning uchun bankning “Mavrid” ilovasi hamda oilakredit.uz platformasini integratsiya qilish jarayonlari yakuniga yetkazildi.
2024 yilda bank tomonidan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida 2,4 trln.so‘m imtiyozli kreditlar ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 11 dekabrga qadar 134 mingga yaqin subyektga jami 2,2 trln. so‘m kreditlar (shundan, 70 ta yuridik shaxslarga 14,7 mlrd. so‘m, 133 mingdan ortiq jismoniy shaxslarga 2 trln 229 mlrd. so‘m) ajratilishi natijasida 133 967 nafar aholi bandligi taʼminlandi.
Eʼtiborlisi, ushbu kreditlarning 860 mlrd. so‘mi 49 884 nafar yoshlar hamda 1 trln 127 mlrd. so‘mi 74 776 nafar xotin-qizlarning loyihalariga yo‘naltirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122122 | Инструменты