Huawei 1
Dekabr oyi oxirida Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi boshlanadi

Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti administratsiyasi binosida respublika Vazirlar Mahkamasi va "Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temir yo‘l kompaniyasi" MCHJ o‘rtasida investitsiya bitimini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Investitsiya bitimini Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Absattar Sirgaboyev va "Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temir yo‘l kompaniyasi" MCHJ direktorlar kengashi raisi Chjun Shenguy imzoladi. Imzolash marosimida XXRning Qirg‘izistondagi muvaqqat ishlar vakili Li Baotse va O‘zbekiston elchisi Saidikram Niyazxodjayev boshchiligidagi Xitoy va O‘zbekiston delegatsiyalari ham ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihaga aʼzo mamlakatlar transport infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasining muhim elementi bo‘lib, mamlakatlarga nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy samara olib kelishi, balki hududlararo aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Qirg‘izistonning “Kabar” milliy axborot agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, temir yo‘l qurilishi 2024 yil 27 dekabrda boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122209 | Инструменты