Huawei 1
Namanganda pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Namangan viloyatining Namangan tumani pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, pirotexnika buyumlarining muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Yo.K. va U.R. Gentra rusumli avtomashinasida umumiy bahosi 40,1 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 6 xil turdagi jami 138 dona pirotexnika buyumlarini fuqaro M.X.ga o‘tkazish uchun olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 2501- moddasi (Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hoizrda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2009 yil oxirida hukumat qarori bilan O‘zbekiston hududiga pirotexnika vositalarini olib kirish, shuningdek, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish vaqtinchalik taqiqlangan. Pirotexnika mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, undan foydalanish, shuningdek, O‘zbekistonga noqonuniy olib kirish yoki olib chiqish, shuningdek, pirotexnika mahsulotlarini realizatsiya qilish, huquqbuzarlik buyumlari musodara qilingan holda 1,7 million so‘mdan 6,8 million so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

Pirotexnika vositalari, ular uchun qurol va o‘q-dorilar, harbiy mahsulotlar reklamasiga qo‘yiladigan talablarni buzish BHMning 50 baravari miqdorida (17 million so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122210 | Инструменты