Huawei 1
Ilon Mask: Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida

Yevropa mamlakatlari, xususan, Germaniya hozirda tug‘ilishning pastligi tufayli yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi.

Bunday fikrni SpaceX va Tesla asoschisi, amerikalik milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozib qoldirdi.

“Ular (Germaniya va boshqa Yevropa davlatlari) yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”, — dedi u.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya va Yevropa tug‘ilishning pastligi tufayli chuqur inqirozga uchragan.

Ilgari milliarder insoniyat katta demografik inqiroz xavfiga duch kelayotgani, buning natijasida butun xalqlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Mask Italiya, Fransiya va Yaponiya madaniyatlari ham xavf ostida ekanligini ta'kidladi.

Avvalroq Ilon Mask 400 milliard dollardan ko‘p boylikka ega dunyodagi birinchi insonga aylangani xabar berilgandi. 

Bloomberg milliarderlar indeksiga ko‘ra, SpaceX asoschisining kapitali 439,2 milliard dollarni tashkil etmoqda. 

AQShdagi prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qozonganidan keyin tadbirkorning mulki keskin oshdi. Mask, shuningdek, respublikachining bo‘lajak hukumatida ham o‘rin egalladi.

The New York Times federal hujjatlarga tayanib yozganidek, milliarder Trampga saylovda g‘alaba qozonishiga yordam berish uchun 250 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122122 | Инструменты