Farg‘ona shahridagi solidol va litol ishlab chiqarish sexida 21-dekabr kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 14:13 da Mustaqillik mahallasi Kimyogar ko‘chasida joylashgan sexda yong‘in kelib chiqqani haqida xabar kelib tushgan.
O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 14:21 da yetib borgan, 14:24 da hudud to‘liq qurshab olingan. 14:32 da esa yong‘in batamom o‘chirilgan, deyiladi viloyat FVB tomonidan e’lon qilingan axborotda.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida bir kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Hozirda yong‘inning kelib chiqishi sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122208 | Инструменты