Birjada 2,3 trln so'mlik tovarlar sotildi, omuxta yem, texnik chigit va ammofos narxi pasaydi

Joriy yilning 2 – 8-oktabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 352,4 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 27,8% ga kamdir. 

Birja matbuot xizmatining xabariga ko'ra, bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 72,8% birja savdolariga, qolgan 27,2% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 713,5 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Omuxta yem

O‘tgan haftada birja savdolariga 8 062,0 tonna omuxta yem qo‘yildi va undan 1 967,0 tonnasi, yaʼni 24,4% sotildi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda omuxta yem bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 204,4 ming so‘mdan 2 024,9 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 20 ta xaridor ishtirok etdi.

Texnik chigit

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolariga 53 842,0 tonna texnik chigit qo‘yildi va undan 14 583,0 tonnasi, yaʼni 27,1% qismi sotildi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda texnik chigit bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 4 317,9 ming so‘mdan 3 867,4 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 13 ta xaridor ishtirok etdi.

Ammofos

Birja savdolariga 9 143,0 tonna ammofos qo‘yildi va uning 5 946,0 tonnasi, yaʼni 65,0% sotildi. Ammofosning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 487,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammofos bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 660,0 ming so‘mdan 6 426,2 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 24 ta xaridor ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты