Interyerda esa raqamli qurilmalar paneli, sensorli multimedia tizimi, Apple CarPlay, simsiz quvvatlash, panoramali lyuk, old o‘rindiqlarni isitish va ventilyatsiya qilish kabi qulayliklar taqdim etilgan
UzAuto Motors O‘zbekistonda ilk bor gibrid avtomobili Chevrolet Equinox PHEV krossoveri sotuvi boshlanishini e’lon qildi. Avtomobil xaridorlarga Activ 80KM va Activ 120KM komplektatsiyalarida taqdim etiladi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Chevrolet Equinox PHEV oddiy gibrid avtomobil emas. U tashqi elektr tarmog‘idan quvvatlanuvchi tizimga ega. Tizim kundalik safarlarning aksariyatini faqat elektr quvvatida amalga oshirish imkonini beradi. Benzinli dvigatel esa uzoq masofalarga safar qilishda qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Activ 80KM komplektatsiyasi faqat elektr quvvatida 80 km gacha, Activ 120KM komplektatsiyasi esa 120 km gacha masofa bosib o‘ta oladi. To‘liq quvvatlangan batareya va to‘ldirilgan yoqilg‘i baki bilan avtomobilning umumiy yurish zaxirasi 1 000 km dan oshadi.
Quvvat qurilmasi 1,5 litrli turbo benzin dvigateli, 188 ot kuchiga ega elektromotor va 2 pog‘onali DHT gibrid transmissiyasida ishlaydi. Yonilg‘i tejamkorligini oshiradi, tezkor tezlanish, ravon harakat va yanada qulay boshqaruv bilan ta’minlaydi.
Xavfsizlik va haydovchiga yordam berish tizimlari qatoriga adaptiv kruiz-kontrol, avtomatik favqulodda tormozlash tizimi, harakat boʻlagida ushlab turish tizimi, “koʻrinmas” zonalarni monitoring qilish, 360 darajali atrofni koʻrish kamerasi, 6 ta xavfsizlik yostiqchalari hamda yoʻl belgilarini aniqlash tizimi kiritilgan. Avtomobil, shuningdek, haydovchining diqqatini oshiradigan va yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlaydigan qoʻshimcha texnologiyalar bilan jihozlangan.
Interyerda esa raqamli qurilmalar paneli, sensorli multimedia tizimi, Apple CarPlay, simsiz quvvatlash, panoramali lyuk, old o‘rindiqlarni isitish va ventilyatsiya qilish kabi qulayliklar taqdim etilgan.
Chevrolet Equinox PHEV avtomobilining tavsiya etilgan chakana narxi:
Chevrolet Equinox PHEV Activ 80KM – 463 500 000 so‘m
Chevrolet Equinox PHEV Activ 120KM – 478 500 000 so‘m
Alpha version: 0.9.1.19 build 91017 | Инструменты