Birjada 2,3 trln so'mlik tovarlar sotildi, suyultirilgan gaz, ammoniy sulfat va omuxta yem narxi tushdi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 21-27-avgust kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 391,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 1,8% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 68,5% birja savdolariga, qolgan 31,5% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 637,6 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Suyultirilgan gaz

O‘tgan haftada birja savdolariga 4 359,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 4 207,0 tonnasi, yaʼni 96,5% sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 183 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gaz bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 6 005,1 ming so‘mdan 5 872,2 ming so‘mgacha pasaygan.

Ammoniy sulfat

O‘tgan hafta mobaynida birja savdolarida 566,0 tonna ammoniy sulfat sotildi. Ammoniy sulfatning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 113,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ammoniy sulfat bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 079,1 ming so‘mdan 1 751,6 ming so‘mgacha pasaydi.

Omuxta yem

Birja savdolariga 7 923,0 tonna omuxta yem qo‘yildi va undan 1 571,0 tonnasi, yaʼni 19,8% sotildi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda omuxta yem bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 295,1 ming so‘mdan 2 162,6 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 20 ta xaridor ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты