Huawei 1
Birjada 2 394,6 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, sement, un va karbamid narxi pasaydi

12 – 18 avgust kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 394,6 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 9,6% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 65,1% birja savdolariga, qolgan 34,9% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 557,8 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Sement

O‘tgan hafta davomida birja savdolari orqali 105 895,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 21,2 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 599,2 ming so‘mdan  583,7 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 77 ta xaridor ishtirok etdi.

Un

Birja savdolarida 6 300,0 tonna un sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 93 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 260,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda unning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 867,2 ming so‘mdan 3 834,6 ming so‘mgacha pasaydi.

Karbamid

O‘tgan haftada birja savdolariga 32 433,0 tonna karbamid qo‘yildi va uning 12 442,0 tonnasi sotildi. Karbamidning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 2 488,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda karbamidning shakllangan kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 605,7 ming so‘mdan 3 547,6 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 51 ta xaridor ishtirok etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты