Huawei 1
Birjada 2 424,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, suyultirilgan gaz, bug‘doy va shrot narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 19 – 25 avgust kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 424,7 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 1,3% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 78,4% birja savdolariga, qolgan 21,6% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 618,2 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 138,5 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 4 491 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 18,2 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 901,5 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Suyultirilgan gaz

O‘tgan haftada birja savdolariga 5 383,0 tonna suyultirilgan gaz qo‘yildi va uning 5 363,0 tonnasi, yani 99,6% sotildi. Suyultirilgan gazning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 073,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda suyultirilgan gazning shakllangan kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 8 464,0 ming so‘mdan 8 081,7 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 83 ta xaridor ishtirok etdi.

Bug‘doy

O‘tgan hafta davomida birja savdolari orqali 63 861,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 12,8 ming tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 466,6 ming so‘mdan  2 375,6 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 67 ta xaridor ishtirok etdi.

Shrot

Birja savdolarida 2 918,0 tonna shrot sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 13 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari  584,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shrotning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4 461,0 ming so‘mdan 3 276,6 ming so‘mgacha pasaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91700 | Инструменты