O‘tgan hafta davomida, yaʼni 4-10-noyabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 903,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 8,0% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 82,9% birja savdolariga, qolgan 17,1% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 648,7 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 98,2 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 4 344 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 19,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 407,6 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:
Sement
O‘tgan haftada birja savdolari orqali 103 359,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 20,7 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 521,0 ming so‘mdan 516,6 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 58 ta xaridor ishtirok etdi.
Paxta yog‘i
Birja savdolari orqali 3 832,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 12 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 14 725,0 ming so‘mdan 13 804,7 ming so‘mgacha pasaydi.
Bug‘doy
O‘tgan hafta davomida birja savdolarida 42 329,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 8,5 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 2 364,3 ming so‘mdan 2 345,3 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 50 ta xaridor ishtirok etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112111 | Инструменты