Kuchli yuztalikdan joy olgan boshqa shaxmatchilarning ko‘rsatkichlari o‘tgan oyga nisbatan quyidagicha o‘zgardi:
Rustam Qosimjonov — 2665 ochko (48-o‘rin, ochko o‘zgarishsiz);
Shamsiddin Vohidov — 2649 ochko (66-o‘rin, o‘tgan oyda — 2654 ochko va 61-pog‘ona).
Muhiddin Madaminov ayni vaqtda 2611 ochko bilan FIDE reytingida 127-pog‘onani band etgan.
Ayollar reytingida ham oʻsish:
Roʻyxatda Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi bir pogʻona koʻtarilib, federatsiyalar orasida 20-oʻringa chiqdi. Eng kuchli 10 nafar shaxmatchi qizlarimizning oʻrtacha reytingi 2236 ga yetdi.
Ayollar o‘rtasidagi top-100 ro‘yxatida Afruza Hamdamova ochkolarini 2447 taga yetkazib oldi va 26-o‘rinda joylashgan. Gulruhbegim Tohirjonova esa 2349 ochko bilan 91-pog‘onada qayd etilgan.
Federatsiyalar o‘rtasidagi umumiy reytingda O‘zbekiston terma jamoasi 2637 ochko bilan jahonda 5-o‘rinni egallab turibdi. Ushbu ro‘yxatda dastlabki uchta o‘rinni AQSH (2723 ochko), Hindiston (2704ochko) va Xitoy (2663 ochko) jamoalari band etgan.



