O‘tgan hafta davomida, ya’ni 9-15-sentabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 2 920,5 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 67,4% ga ko‘pdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 83,7% birja savdolariga, qolgan 16,3% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 656,1 mlrd so‘mni tashkil qildi. Davlat xaridlari tizimlarida o‘tkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 127,7 mlrd so‘mlik mablag‘lari tejaldi.
Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 4 941 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 20,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 444,2 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:
Bug‘doy
O‘tgan haftada birja savdolarida 70 683,0 tonna bug‘doy sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 85 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 14 137,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda bug‘doyning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 2 417,2 ming so‘mdan 2 411,9 ming so‘mgacha pasaydi.
Paxta yog‘i
O‘tgan hafta davomida birja savdolari orqali 1 031,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 11 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 11 540,6 ming so‘mdan 11 428,8 ming so‘mgacha pasaydi.
Shrot
Birja savdolarida 1 990,0 tonna shrot sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 12 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 398,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda shrotning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 4 995,0 ming so‘mdan 4 903,3 ming so‘mgacha pasaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100522 | Инструменты