Huawei 1
Birjada 5 478,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotildi, paxta yog‘i, shrot va karbamid narxi pasaydi

O‘tgan hafta davomida, yaʼni 16-22-dekabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 5 478,8 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 13,3% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 44,6% birja savdolariga, qolgan 55,4% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.

Birja savdolari

Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 441,9 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolari orqali 3 546,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 18 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 035,1 ming so‘mdan 9 942,8 ming so‘mgacha pasaydi.

Shrot

Birja savdolarida 8 184,0 tonna shrot sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 22 ta xaridor ishtirok etdi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 1 637,0 tonnani tashkil qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shrotning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 845,5 ming so‘mdan 3 748,7 ming so‘mgacha pasaydi.

Karbamid 

O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 23 443,0 tonna karbamid qo‘yildi va uning 3 696,0 tonnasi, yaʼni 15,8% qismi sotildi.O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 24 ta xaridor ishtirok etdi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha markali karbamidning kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 3 639,2 ming so‘mdan 3 508,7 ming so‘mgacha pasaygan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122508 | Инструменты