Sharof Rashidov tumani sobiq hokimi 11 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Tumanning sobiq hokimi M.X Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “b”, “v”, “g” bandlari, 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 1-qismi, 210-moddasi (pora olish) 3-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topildi.

Sudning hukmi bilan M.X ga 3 yil hokimiyat va davlat boshqaruv organlarida mansabdorlik hamda moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda BHMning 150 baravari (61 mln 800 ming so’m) miqdorida jarima hamda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22516 | Инструменты