Joriy yil 12-sentabrda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining birja savdolariga qo‘yilayotgan suyultirilgan gazning kunlik hajmi, "O‘zbekneftegaz" AJ, “Sho‘rton gaz-kimyo majmuasi” MChJ va "UZBEKSITAN GTL" MChJ sotuvchi korxonalarining qo‘shimcha hajmlari evaziga avvalgi kunga nisbatan 1 039 tonnadan 1 482 tonnagacha, ya’ni 43% ga oshirildi.
Birja bozoridagi taklif hajmining ortishi hisobiga, 12-sentabrda o‘tkazilgan birja savdolari yakunlariga ko‘ra suyultirilgan gazning o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 9 278,1 ming so‘mdan 8 939,0 ming so‘mgacha, ya’ni 4 foizga pasaydi.
Ayni paytda birjada suyultirilgan gaz uchun narxlar faqatgina bozor tamoyillari asosida talab va taklif hajmlaridan kelib chiqqan holda shakllanib bormoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100600 | Инструменты