Vazirlar Mahkamasining “Birja savdolariga ilg‘or axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda sohada raqamlashtirish jarayonlarini izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2024-yil 1-noyabrdan boshlab quyidagi talablar bajarilgan taqdirda, tovar-xomashyo birjalari faoliyatini litsenziyalashga yo‘l qo‘yiladi:
- mulk huquqi asosida litsenziyalangan elektron birja savdolari tizimining mavjudligi;
- umumiy hisobda xotirasi kamida 100 TV bo‘lgan server uskunalari hamda alohida maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga ega bo‘lish;
- elektron birja savdolari tizimining uzluksiz hamda tashqi aralashuvlardan himoyalangan holda faoliyat ko‘rsatishi;
- tegishli xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki axborot tizimi bilan integratsiyalashgan savdo operatsiyalari bo‘yicha mablag‘lar kirim va chiqim amaliyotlarini inson omilisiz amalga oshiruvchi dasturiy taʼminotning mavjudligi.
2024-yil 1-noyabrdan tovar-xomashyo birjalari ustav kapitalining eng kam miqdori 100 mlrd so‘m hamda 2025 -yil 1-iyuldan boshlab 200 mlrd so‘m etib belgilanmoqda. Bunda, ustav kapitali faqat mablag‘lar ko‘rinishida shakllantiriladi, 2024-yil yakuni va kelgusida har yil yakuni bo‘yicha ularning moliyaviy faoliyati yuzasidan katta to‘rtlik («Big four») auditorlik tashkilotlaridan biri tomonidan mustaqil auditdan o‘tkazilishi kerak.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100320 | Инструменты