Shuningdek bank ustavi, uning yangi tuzilmasi va bir qator tegishli nizomlar ham tasdiqlandi.
Bugun ATB “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Umumiy yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, dastlab bank nomini o‘zgartirish hamda Ustavini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.
Muhokamalar davomida ATB “Qishloq qurilish bank” negizida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashkil etilishi ko‘zda tutilib, yangi ustuvor vazifalar belgilandi. Bu vazifalar bank nomini o‘zgartirish va bank Ustavini tasdiqlashni talab etadi.
Umumiy yig‘ilishda bank nomi “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga o‘zgartirildi va bank Ustavi tasdiqlandi.
Yig‘ilishda bankning “Bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida”gi, “Bank Kuzatuv kengashi to‘g‘risida”gi hamda “Bank Boshqaruvi to‘g‘risida”gi Nizomlari tasdiqlandi. Shuningdek, bankning yangi tarkibiy tuzilmasi tasdiqlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 53106 | Инструменты