Muassasani Toshkent shahrida 7 ta filiali orqali 10 mingdan ziyod yuridik shaxslarga, 200 mingdan ortiq jismoniy shaxslarga xizmat ko'rsatib kelmoqda.
Respublikada valyuta bozorining erkinlashtirilishi va bank tizimi yanada takomillashishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tez suratlarda o'sa boshladi. Umuman moliya muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirishda shu yilning 23-martidagi Davlatimiz rahbarining “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori muhim hujjatlardan biri bo'ldi.

Qaror bilan banklar aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga barcha turdagi xizmatlarni ko'rsatish, moliyaviy ko'mak berish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha chora tadbirlarni kuchaytirdi. Shu qatorda “Davr-bank” XATB ham qaror asosida “yo'l xaritasi”ni ishlab chiqdi. Unga ko'ra xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni o'z mahsulotlari jozibadorligini yanada oshirishga muvaffaq bo'ldi.
Moliya muassasi o'z mijozlariga sifatli va tezkor xizmatlarni ko'rsatib kelmoqda. Jumladan, hozirga qadar bank tizimida onlayn konversiya operatsiyalarini amalga oshirish, kreditlarga buyurtmani onlayn qabul qilish va ko'rib chiqish yo'lga qo'yilib, mikroqarzlarni taqdim etishda ortiqcha qog'ozbozlikka chek qo'yildi, chakana bank xizmatlarini kengaytirish maqsadida bankomat va infokiosklar faoliyati ta'minlandi. Bundan tashqari, internet, mobil va sms banking kabi interaktiv xizmatlar joriy etildi. Eng muhimi “Davr-bank” tadbirkorlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida xalqaro moliya institutlari bilan kredit liniyalari orqali investitsion loyihalarga mablag'lar ajratdi.

“Davr-bank” XATB kengashi a'zosi Samarjon Nazarov: “Davr-bank” juda ko'plab xalqaro hamkorlarni jalb qilishni maqsad qilib olgan. Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Jahon bankining alohida liniyalari bo'yicha hamkorlik qilishga erishdik. Tadbirkorlarga ushbu liniyalar orqali kredit mablag'larini ajratdik. “Davr-bank” bu amaliyotlarini hozirda to'htatgani yo'q. Bundan tashqari, Yevropa mamlakatlari moliya muassasalari bilan kredit liniyalarini jalb qilib, faoliyatimizni kengaytirmoqdamiz. Tuzilgan shartnomalar natijasida birinchi navbatda yangi ish o'rinlarini yaratishga, mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, tadbirkorlar safini salmoqli oshirishga erishdik.
Buning natijasida bank kredit portfeli yil boshiga nisbatan 177 foizga, iqtisodiyotning real sektoriga ajratilgan kreditlar 145 foizga, bank kapitali esa 126 foizga, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning mablag'larini omonatga jalb qilish yil boshiga nisbatan 167 foizga o'sdi.
“Davr-bank” XATB kengashi a'zosi Samarjon Nazarov: “Davr-bank”ni Toshkent shahrida 7 ta filiali mavjud bo'lib, hozirda 10 mingdan ziyod yuridik shaxslarga, 200 mingdan ortiq jismoniy shaxslarga operativ tarzda xizmat ko'rsatib kelmoqda. Rivojlanishni qisqa va o'rta muddatli strategiyani ishlab chiqqan. Maqsadimiz mijozlarimizga operativ xizmat ko'rsatish, bir vaqtning o'zida ularni masofadan xizmat ko'rsatishga o'tkazish.
“Davr-bank” dunyodagi eng yirik xalqaro reyting kompaniyalardan biri hisoblanmish “Standart&poor’s”ning “barqaror” reyting ko'rsatkichiga ega. Moliya muassasasining samarali faoliyati ko'p yillik mijozlarining fikridan ham o'z tasdig'ini topmoqda.

Bank mijozi Mahmuda Komilova: 4 yildan buyon bank mijozi hisoblanaman. Tadbirkorlik faoliyatimizni yanada rivojlantirish uchun kredit olgan edik, bank xodimlari hushmuomala, tezda ishimizni hal etib berishdi. Kelajakda ham ushbu bank bilan hamkorligimizni davom ettirib, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadimiz bor.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab quvvatlash bank faoliyatida ayniqsa alohida ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, “Davr-bank” kelajakda Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon banki bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51216 | Инструменты