Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov aytishicha, valyuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3-0,4 foiz salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin.
"Doim aytamiz, biz valyuta kursi bo‘yicha prognoz bermaymiz, lekin valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga taʼsirini o‘rganamiz. Oxirgi hisob-kitoblarimizga ko‘ra, valyuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflyatsiyaga 0,3-0,4 foiz taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Endi bevosita oltinning narxiga keladigan bo‘lsak, bu to‘g‘ridan to‘g‘ri inflyatsiyaga bog‘liq emas, lekin oltindan tushadigan valyuta mablag‘larining kursga taʼsiri bo‘ladi. Oltin narxiga to‘xtaladigan bo‘lsak, kelgusi yilda hozirgi darajadan qisman pasaygan holda shakllanishini kutyapmiz, lekin keskin arzonlashishini kutayotganimiz yo‘q", dedi MB raisi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112407 | Инструменты