Huawei 1
Markaziy bank 16 ta tijorat bankini jarimaga tortdi

“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 62-moddasiga asosan, Bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tomonidan joriy yilning avgust-sentabr oylarida tijorat banklari muassasalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Nazorat tadbirlarida tijorat banklarining joylardagi muassasalarida isteʼmolchilar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda bank faoliyatiga qo‘yiladigan talablarga rioya etilishi, shu jumladan, terminallar orqali to‘lovlarning qabul qilinishi hamda bank xizmatlari to‘g‘risidagi axborotlarni isteʼmolchilarga to‘g‘ri va to‘liq taqdim etilishi holatlariga eʼtibor qaratildi.

Xususan, o‘rganish davomida banklar tomonidan taklif etayotgan kredit va omonatlar haqidagi axborotlar isteʼmolchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda oshkor qilinishi hamda bank kartalari orqali xizmatlar ko‘rsatilishi to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligi holatlari aniqlandi.

Ushbu holatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun O‘zbekistonning "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi qonunining 57-moddasiga muvofiq, 21 ta tijorat bankiga nisbatan chora qo‘llanilib, bunda 16 ta tijorat bankidan jarimalar undirildi hamda 5 ta tijorat bankiga ogohlantirish berildi.

Isteʼmolchilar bank xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha oqilona qarorga kelishlari uchun tijorat banklaridan isteʼmolchilarga bank xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni to‘liq oshkor qilishi va ularning shartlarini batafsil tushuntirishi lozimligi bildiriladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga