Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14% darajasiga o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi.

Inflyatsiya pasayishda davom etmoqda: noyabrda umumiy inflyatsiya yillik — 7,5%, bazaviy inflyatsiya — 6,3%.

2025-yil yakuniga inflyatsiya prognozi 7,3% ga pasaytirildi.

2026-yil inflyatsiya prognozi 6,5% atrofida.

Iqtisodiy o‘sish yuqori: yil yakuni bo‘yicha 7–7,5% kutilmoqda.

Taklif omillari bo‘yicha xatarlar saqlanmoqda (oziq-ovqat taklifi, transport narxlari va tartibga solinadigan narxlar indeksatsiyasi).

Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar pasayishi fonida real foiz stavkalari yuqori bo‘lib, milliy valyutada jamg‘armalar o‘smoqda.

Moliyaviy inklyuzivlik oshishi sababli chakana kreditlash yuqori sur’atda davom etmoqda va bu kelgusida inflyatsion bosimni kuchaytirishi mumkin.

Pul-kredit sharoitlari inflyatsiyaning pasayish trayektoriyasiga erishish maqsadida qat’iy darajada saqlanadi; zaruratga qarab qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Asosiy stavkani navbatdagi ko‘rib chiqish 2026-yil 28-yanvar kuniga belgilangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121120 | Инструменты