Aholi tomonidan chet el valyutasini sotish va xarid qilish o‘rtasidagi ijobiy tafovut ortib bormoqda. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratovning taqdimotida keltirilgan.
Joriy yilning to‘qqiz oyi yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonliklar banklarga xaridga nisbatan $4,8 mlrdga ko‘p chet el valyutasini sotgan. Iyul-sentabr oylarida oylik savdo hajmi $1,5 mlrdni tashkil etdi, bu xorijiy valyutaga bo‘lgan talabdan deyarli ikki baravar ko‘pdir.
“Oltinsiz eksport hajmi (+15,5%) va transchegaraviy pul o‘tkazmalarining (+34,8%) yuqori sur’atlarda o‘sishi ichki valyuta bozorida muvozanatni ta’minlab, milliy valyutada jamg‘armalarni yanada rag‘batlantiradi va nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarini saqlab qolish imkonini bermoqda”, — deya qayd etdi Nurmuratov.
Bundan tashqari, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga investitsiyalar 31%ga oshdi. Asosiy o‘sish markazlashmagan investitsiyalarga to‘g‘ri kelib, ularning jami hajmdagi ulushi 89%ni tashkil etdi. Shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 1,6 barobarga ko‘payib, $8 mlrdga yetdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122617 | Инструменты