Huawei 1
“Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi

Joriy yilning 20-aprelida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.

Mazkur Qonunda:
— nobank kredit tashkilotlarining oʻz faoliyatini moliyalashtirish imkoniyatini kengaytirish;
— moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, jumladan, mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatish uchun huquqiy asos yaratish;
— “tartibga solish qumdoni” doirasida moliyaviy xizmatlarning yangi turlarini sinovdan oʻtkazish imkoniyatini yaratish;
— mutanosib tarzda tartibga solish natijasida nobank kredit tashkilotlari faoliyatini ortiqcha tartibga solishning oldini olish;
— nobank kredit tashkilotlari xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan normalar belgilangan.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62910 | Инструменты