Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarmida iste’mol va avtokreditlar hajmi ikki barobarga qisqardi.
Yanvar-iyun oylarida fuqarolar tomonidan 8,91 trln so‘mlik avtokreditlar ajratildi, bu o‘tgan yilning shu ko‘rsatkichidan 2,07 barobar kamdir.
Eng yuqori oylik ko‘rsatkichlar yanvar va may oylariga to‘g‘ri keldi, o‘shanda 1,7 trln so‘m chiqarilgan.
Iste’mol kreditlari 2,09 martaga — 19,57 dan 9,36 trln so‘mga qisqardi. Eng ko‘p chakana kreditlar may oyida (1,8 trln so‘m) berilgan.
Iste’mol va avtokreditlarning eng keskin pasayishi may oyida kuzatildi, o‘shanda emissiya hajmi o‘tgan yilga nisbatan deyarli to‘rt baravar kamaygan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91723 | Инструменты