Huawei 1
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB: Aholining biznes faolligini oshirishga hissa qo‘shish bankning ustuvor vazifalaridan biri

“O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida xususiy tadbirkorlik hamda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, aholining bankka ishonchini yuksaltirish va yangi ish o‘rinlari tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Bank mijozi Ne’mat Azizov (Namangan viloyati): «Herrymed Farm» MChJ korxonamizning iqtisodiy salohiyatini yanada kengaytirib, ishlab chiqarishni texnik-texnologik qayta jihozlashga “O‘zsanoatqurilishbank” katta hissa qo‘shdi. Bank xodimlari korxonamizga kelib, sharoitimizni, iqtisodiy imkoniyatlarimizni o‘rganishdi. Mana hozir, “O‘zsanoatqurilishbank”ning
1 million AQSh dollar miqdoridagi kreditidan oqilona foydalanayapmiz. Ajratilgan ushbu sarmoya bugungi kunga kelib, o‘zini to‘liq oqladi. Bugungi kunda korxonamizda 225 nafar ishchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozir korxonamizda “Ampitsillin”, “Benzilpenitsillin”, “Sefazolin”, “Seftriakson” kabi o‘nlab turdagi dori vositalari ishlab chiqarilmoqda. 2016 yilda ichki bozorni 48 milliard so‘mlik mahsulot bilan ta’minlagan bo‘lsak, joriy yilning olti oyida ushbu ko‘rsatkich 70 milliard so‘mga teng bo‘ldi. Bu, albatta, bank bilan hamkorlikgimizni yanada kengaytirishga zamin bo‘ladi.

Bundan tashqari, tasdiqlangan kompleks dasturni hayotga izchil tatbiq qilish maqsadida bankning markaziy apparatida maxsus tuzilma tashkil etildi. Bundan tashqari, Qoraqalpog‘is­ton Respublikasi hamda viloyatlardagi mavjud 44 ta filialda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va mikrokreditlar berishga ixtisoslashtirilgan alohida bo‘limlar samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bank mijozi Ikrom Ahmedov (Surxondaryo viloyati): Sariosiyo tumanidagi «Surxon-mevasi» MChJ agrofirmasi 2016 yilda faoliyatini boshlagan bo‘lsa, o‘tgan qisqa davr ichida aytishga arzigulik yutuqlarga erishdik. Shu yil boshida “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan ajratilgan 597 ming AQSh dollari miqdoridagi kredit evaziga bir mavsumdagi ishlab chiqarish quvvatini ming tonnaga yetkazdik. ­Eksport tushumi yiliga qariyb 338 ming AQSh dollarini tashkil etmoqda. Biz “O‘zsanoat­qurilishbank” ajratgan kreditga meva-sabzavot mahsulot­larini quritish va qadoqlash ­uskunasini ham xarid qildik. Bankning bu moliyaviy yordami, avvalo, eksport hajmini yanada oshirishga yordam bersa, ikkinchidan, narx-navo barqarorligini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. “O‘zsanoatqurilishbank”dek ishonch­li moliyaviy hamkorimiz bor ekan, biz yangidan-yangi marralar sari dadil intilaveramiz.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50608 | Инструменты