Huawei 1
Xitoy Ho'rmuz bo'g'ozi yopilishi haqida ogohlantirdi

Xitoy AQShning Eron yadroviy inshootlariga hujumi ortidan vaziyatning keskinlashuvi fonida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishi ehtimolidan xavotir bildirdi. Xitoy rasmiylari ushbu strategik muhim mintaqada xavfsizlikni ta’minlash butun xalqaro hamjamiyat manfaatlariga mos kelishini ta’kidladi.

Pekinda o‘tkazilgan navbatdagi brifingda so‘zga chiqqan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Go Tszyakun Fors ko‘rfazi va unga tutash hududlarning suvlari jahon tovarlari va energiya resurslari savdosi uchun asosiy yo‘l ekanligini eslatdi.

«Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yopilishi butun jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mintaqada barqarorlik va xavfsizlik butun xalqaro hamjamiyat uchun umumiy manfaatdir», — dedi diplomat.

Go, shuningdek, jahon kuchlarini AQSh zarbalaridan keyin mintaqada iqtisodiy va siyosiy betartiblikning oldini olish uchun keskinlikni kamaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi.

Xitoy neft importining qariyb 45 foizi Fors ko‘rfazi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali amalga oshiriladi. Eron avvalroq dunyo neft savdosining qariyb 25 foizi o‘tadigan bo‘g‘ozni hujum sodir bo‘lgan taqdirda yopish huquqini o‘zida saqlab qolishini bildirgan edi. Hatto qisqa muddatli yuk tashishdagi uzilish ham neft bozorlarida jiddiy buzilishlarga olib kelishi mumkin.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi Saudiya Arabistoni, BAA, Kuvayt, Qatar, Iroq va Eronning o‘zidan Osiyo bozorlariga neft yetkazib berish uchun asosiy arteriya hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62413 | Инструменты