Huawei 1
O'zbekiston banklari I chorakda 54 trln so‘m kreditlar ajratdi

O'zbekistonda banklar tomonidan 2023-yil I choragida 54 trln so‘m miqdorida yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42 foiz ortiq kreditlar ajratilgan

Mazkur kreditlarning 64 foizi (34,4 trln so‘m) korporativ va 36 foizi (19,2 trln so‘m) aholiga ajratilgan kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Korporativ kreditlarning 45 foizi (yoki 13,5 trln so‘mini) aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ajratilgan revolver kreditlardir. 

Shuningdek, ajratilgan kreditlarning 30 foizi qisqa muddatli va 70 foizi uzoq muddatli, valyutalar qirqimida esa 67 foiz kreditlar milliy valyutada va 33 foiz xorijiy valyutadagi kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur davrda tijorat banklari tomonidan 39 trln so‘mlik kreditlar  so‘ndirilgan bo‘lib, qaytuvchanlik darajasi 72 foizni tashkil etgan.

Banklarning jami kredit qo‘yilmalari qoldig‘i 2023-yil 1-aprel holatiga 408 trln so‘mni tashkil etib, ularning 73 foizi korporativ kreditlar, 27 foizi chakana kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Jami kredit portfeli qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20 foizga yoki 67,9 trln so‘mga, xususan, korporativ kreditlar 12 foizga (31,2 trln so‘m) va aholi kreditlari 37 foizga (36,7 trln so‘m) o‘sgan. Aholiga ajratilgan kreditlar tarkibida avtokreditlar 26,4 trln so‘m (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga o‘sgan), ipoteka kreditlari 48,5 trln so‘m (28 foizga o‘sgan) va mikroqarzlar 16,4 trln so‘mga (36 foizga o‘sgan) yetgan.

Ma’lumot o'rnida, kredit portfelining so‘nggi 12 oy davomida eng yuqori o‘sishi 2023-yilning 1-mart holatida (21,5 foiz) kuzatilgan bo‘lib, bunda xorijiy valyutadagi kreditlar 31 foiz va milliy valyutadagi kreditlar esa 16 foizga oshgan. Valyutalar qirqimida kredit portfelining 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sishi milliy valyutada 28 foizni tashkil etgan bo‘lsa, xorijiy valyutadagi kredit portfeli 12 foizga o‘sgan.

Bugungi kunda, banklarning jami kredit potfelining dollarlashuv darajasi 46,9 foizni tashkil etib, 2023-yil mos davriga nisbatan 3 foiz bandga pasaygan. Mazkur holat, xorijiy valyutadagi kreditlarning qaytuvchanlik darajasining 85 foizni tashkil etganligi hamda o‘tgan yil mos davriga nisbatan banklar tomonidan ajratilgan kreditlar tarkibida xorijiy valyutadagi kreditlar ulushi 33 foizdan 32 foizgacha pasayganligi bilan izohlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42911 | Инструменты