O‘zbekiston Markaziy banki 29-noyabrdan boshlab o‘zbek so‘mining AQSH dollariga nisbatan rasmiy kursini 12 865 so‘m deb belgiladi. Bu – bir kun oldingidan 16,67 so‘mga yuqori. Rasmiy kursning oshishi fonida tijorat banklarida dollar kursi ilk marta 12 925 so‘mgacha ko‘tarildi.
O‘zbek so‘mi AQSH dollariga nisbatan yil boshidan buyon (2024 yilning ilk ish kunida kurs 12 338,77 so‘m edi) 4,26 foizga qadrsizlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121301 | Инструменты