Tojikiston Milliy banki raisi O‘zbekiston Markaziy bankiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida Tojikiston Milliy banki raisi Xoliqzoda Xokim Hikmatullo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda tomonlar har ikki mamlakatdagi mavjud makroiqtisodiy vaziyat, amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Tadbir so'nggida, tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga, jumladan, o‘zaro tashriflar tashkil etish orqali tajriba almashishga kelishib olishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51412 | Инструменты