Huawei 1
Yanvarda naqd pul aylanmasi 32,1 trln so'mni tashkil etdi

Markaziy bank ma'lumotiga ko'ra,  yanvar oyida banklar orqali naqd pul aylanmasi 32,1 trln so'mni tashkil etgan. Bu 2020-yilning yanvariga nisbatan 7 foizga ko'p.

Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 17 trln so'mni, chiqim esa 15,1 trln so'mni tashkil qilgan. Bu 2020-yilga nisbatan 6,7 foizga oshgan.

Mazkur holat asosan bank kartalaridan naqd pul yechish hajmining 1,7 trln so'mga (1,5 barobar) o'sishi hisobiga yuzaga kelgan. Natijada banklardan berilgan naqd pullar tarkibida bank kartalaridan yechib olingan naqd mablag'lar ulushi 25 foizdan 35 foizga yetdi.

Yanvarda bank kartalariga jami 15,9 trln so'mlik mablag'lar kelib tushgan. Aholi bank kartalaridagi 5,2 trln so'mlik (32,8 foiz) mablag'larni naqdlashtirib olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11512 | Инструменты