Shuningdek, neft-gaz sohasida geologik qidiruv va qazib chiqarish, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish, neftni qayta ishlash sohasida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish hamda SOCARning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi
Kuni kecha Bokuda O‘zbekiston Energetika vaziri Sherzod Xodjayev va Ozarbayjon Energetika vaziri Parviz Shahbozov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish hamda neft-gaz sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, elektr energetikasi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, Markaziy Osiyo — Ozarbayjon “Yashil energiya koridori”, geologik qidiruv ishlari, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish hamda neftni qayta ishlash sohalaridagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ikki davlat o‘rtasida 2026–2028 yillarda energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi imzolandi.
Hujjatda “Yashil energiya koridori” loyihasini amalga oshirish, neft-gaz sohasida geologik qidiruv va qazib chiqarish, neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish, neftni qayta ishlash sohasida qo‘shma loyihalarni rivojlantirish hamda SOCARning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91815 | Инструменты