Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlari narxi oshadi

Toshkent viloyatida aholi uchun ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari tariflari oshiriladi. Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 16-sentyabrdagi qarori bilan yangilangan tariflar tasdiqlangan.

“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ xizmat ko‘rsatadigan hududlarda aholi uchun 1 kub metr ichimlik suvi narxi amaldagi 2 600 so‘mdan 3 100 so‘mga oshiriladi. QQS bilan hisoblaganda yangi tarif 3 472 so‘mni tashkil etadi.

Oqova suv xizmati bo‘yicha esa aholi uchun 1 kub metr tarif 1 300 so‘mdan 1 500 so‘mga oshiriladi. QQS bilan yangi narx 1 680 so‘m bo‘ladi.

“Chimgan-Chorbog‘ magistral suv ta’minoti” AJ xizmat ko‘rsatadigan hududlarda ham tariflar o‘zgaradi. Bu yerda aholi uchun 1 kub metr ichimlik suvi 1 500 so‘mdan 1 700 so‘mga, oqova suv xizmati esa 1 150 so‘mdan 1 350 so‘mga oshiriladi. QQS bilan yangi tariflar mos ravishda 1 904 va 1 512 so‘m etib belgilangan.

Qarorda tariflarni oshirish bilan birga iste’molchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash va yangi narxlar bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish vazifasi ham belgilangan. Yangi tariflar qaror ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinganidan 15 kun o‘tgach kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91815 | Инструменты