Huawei 1
12-avgust: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* MYU Serjinyo Dest uchun "Barselona"ga Diogu Dalot hamda pul taklif qildi. Ammo ispanlar Dest uchun 20 mln yevro so'rashmoqda;

* "Chelsi" Obameyang uchun 15 mln yevro taklif qildi. "Barselona" esa 25 mln yevro talab qilmoqda;

* Ektor Belyerinning agenti futbolchining xizmatlarini "Barselona" hamda "Atletiko"ga taklif qildi. Futbolchi Londonda qolmoqchi emas;

* Frans Futbol "Oltin to'p-2022" sovrini uchun da'vogarlar yakuniy 30 ligini e'lon qildi. Ushbu ro'yxatdan PSJ yulduzi Lionel Messi joy olmadi. Bunday holat so'nggi bor 2004-yilda qayd etilgan edi;

* Rasman: "Barselona" Robert Levandovski, Frank Kessi, Rafinya hamda Andreas Kristensenni La Ligadan ro'yxatdan o'tkazdi. Endi ular klubda qoladi;

* Bundesliga 2-turi doirasida kechgan bahsda "Borussiya Dortmund" "Frayburg"ga qarshi bahs olib bordi va 1:2 hisobida g'alaba qozondi;

* Ispaniya La Ligasi yangi mavsumi start oldi. Yangi mavsumning ilk o'yinida "Osasuna" "Sevilya"ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi;

* "Barselona" hozircha Jyul Kundeni La Ligadan ro'yxatdan o'tkaza olmayapti. Buning uchun jamoa transfer baansiga yana 20 mln yevro yetmayapti;

* "Yuventus" hamda Memfis Depay 2 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Niderlandiyalik hujumchi yangi klubi safida 7 mln yevro yillik maosh oladi;

* PSJ "Manchester Yunayted"ga Markus Reshford uchun 60 mln yevro taklif qildi. Biroq, MYU bu taklifga ko'nmayapti. Mankunianlar Reshford transferidan ko'proq pul ishlab olmoqchi.

Izohlar: 8
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102420 | Инструменты