Tunning siz o'tkazib yuborgan voqealarini bir sahifaga jamladik
* Yevropa Chempionlar Ligasi 2-turi doirasida kechgan “Milan” – “Dinamo Zagreb” bahsida milanliklar 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi;
* Lionel Messi Chempionlar Ligasi tarixida turli jamoalarga gol urish bo‘yicha Ronaldudan o‘tib ketdi (39ta jamoa). Endi bu borada yaqqol yetakchilik Messida;
* PSJ hujumchisi Lionel Messi “Makkabi Xayfa” darvozasiga urgan goli orqali ketma-ket 18-mavsumda ham YChLda gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi;
* Yevropa Chempionlar Ligasi 2-turidan o'rin olgan “Real” – “Leypsig” bahsida madridliklar so'nggi 10 daqiqada urilgan 2 gol evaziga 2:0 hisobida g'alaba qozondi;
* Yevropa Chempionlar Ligasi 2-turi doirasida kechgan “Manchester Siti” – “Borussiya Dortmund” bahsida “shaharliklar” 2:1 hisobida zafar quchdi. G‘alaba golini sobiq jamoasiga Erling Holand urdi;
* “Chelsi” hamda “Zalsburg” o‘rtasida kechgan YChL bahsida londonliklar yangi murabbiy qo'l ostida 1:1 hisobida durang natija qayd etdi;
* Rahim Sterling YChLda eng ko'p gol urish bo'yicha angliyalik futbolchilar orasida 2-o'ringa chiqib oldi. Oldinda 5 ta to'p farqi bilan Ueyn Runi bormoqda;
* “Makkabi Xayfa” hamda PSJ o‘rtasida kechgan Chempionlar Ligasi uchrashuvida parijliklar 1:3 hisobida g'alabaga erishishdi;
* “Yuventus” “Benfika” bilan uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchradi — 1:2. Turinliklar Chempionlar Ligasi yangi mavsumini ketma-ket 2 mag'lubiyat bilan boshlamoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51812 | Инструменты