Huawei 1
«Yangi daraxt – yangi nafas» respublika ekochempionati o‘tkaziladi

«2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabrdan Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi maʼlumotlari bazalarining jamoatchilik uchun ochiqligini taʼminlaydi hamda ularda quyidagi maʼlumotlarni joylashtirib boradi:

- har yili «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxt va ko‘chatlar haqida;

- daraxt va butalarni kesish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish maqsadida taqdim etilgan arizalar haqida;

- suv havzalarida noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha joriy qilingan moratoriy tartibini buzgan shaxslar haqida.

2025 yildan har yili quyidagilar amalga oshirib boriladi:

- «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida «Yangi daraxt – yangi nafas» respublika ekochempionati;

- har oyda 1 marotaba «Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz» shiori ostida aksiyalar, tashviqot tadbirlari.

Bundan tashqari, oliy taʼlim muassasalari talabalari tomonidan O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51801 | Инструменты