17 may kuni noqulay ob-havo taʼsirida (kuchli shamol) Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilish yuz berdi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatidagi ayrim elektr tarmoqlari xavfsizlikni taʼminlash maqsadida qo‘lda o‘chirilgan.
Buning oqibatida Toshkent shahrida 8500 ta va Toshkent viloyatida 10300 ta isteʼmolchi elektr taʼminotidan vaqtincha uzilgan.
Taʼkidlanishicha, maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf qilish hamda isteʼmolchilarning elektr taʼminotini qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51803 | Инструменты