“2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-184-son, 15.05.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, “Ekolog olimlar hamjamiyati” nodavlat notijorat tashkiloti taʼsis etiladi.
Shuningdek, 2025 yil 1 avgustdan Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi inspektorlari quyidagi holatlar aniqlanganda tezkor nazorat tadbirlarini tekshiruvlar boshlangandan so‘ng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilni xabardor etish tartibida amalga oshiradi:
- yuridik shaxslarning o‘z hududida bino, inshootlarni yoki boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish chog‘ida belgilangan talablarni buzib, kimyoviy, biologik vositalarni qo‘llagan holda daraxtlarni, butalarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish yoki yo‘q qilish;
- o‘lchami 500 kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish;
- yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51803 | Инструменты