Huawei 1
16-may: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* Italiyaning "Yuventus" klubi rahbariyati MYU a'zosi Pol Pogbaga 10-raqam hamda jamoaning asosiy o'yinchisi bo'lishni va'da berdi. U yozda Turinga kelishi mumkin;

* Rasman: Kristofer Nkunku Bundesliganing 2021-22-yilgi mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi;

* Xorij OAVning yozishicha, erkin agentga aylanadigan Mbappeni o'z safiga qo'shib oladigan "Real" bu uchun kamida 120 mln yevro yo'qotishi kutilmoqda;

* "Chelsi" Robert Levandovski uchun kurashda "Barselona"ga raqobat uyg'otishi mumkin. "Aristokratlar" yangi prezidenti polshalik hujumchini sotib olish niyatida;

* "Nyukasl" hujumchisi Kallum Uilson "Arsenal"ga qarshi uchrashuvning birinchi taymida yuqori tishlaridan birini sindirib oldi;

* "Manchester Siti" a'zosi Ilkay Gyundogan shu yozda klubni tark etadi. Mahalliy nashrlar hozircha uning qayerga o'tishi noma'lum ekanligini ta'kidlashmoqda;

* Angliya Premyer-ligasi 37-turidan o'rin olgan "Nyukasl" – "Arsenal" bahsida londonliklar 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Shu tariqa, so'nggi tur oldidan "to'pchilar" YChL zonasi uchun imkoniyatlarini ancha pasaytirib qo'yishdi;

* "Manchester Siti" himoyachisi Pedri Porri 8,5 mln funt evaziga "Sporting" klubiga transfer qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52409 | Инструменты