UzAutoMotors Cobalt Midnight qimmat narxda sotilayotganini rad etdi
Kompaniya dilerlari avtomobillarni zavoddan rasmiy narxda (155,2 mln so‘m ) sotib olib, ularni oshirilgan narxda qayta sotishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fuqarolarning o‘z tasviriga bo‘lgan huquqlari mustahkamlanadi – loyiha
Oxirgi 3 yilda kishiga ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish/shaxsiy hayot daxlsizligini buzishga oid ma’muriy huquqbuzarlik 2,5 baravar, bu boradagi jinoyat ishlari salkam 40 foizga oshgan.
Sharofiddin Lolayev Termiz shahriga hokim etib tayinlandi
Bunga qadar u Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 4 oyda 24,6 mlrd dollarni tashkil qildi
2025 yil yanvar-aprel oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 24,6 mlrd AQSH dollariga yetdi va 2024 yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan 3 mlrd 443 mln AQSH dollariga ko‘paydi.
Tuman tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi
“Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarni amalga oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova O‘zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan «El-yurt umidi» jamg‘armasi sovrindorlari bilan uchrashdi.
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
Ular Damas rusumli avtomashinadan pul mablag‘lari o‘g‘irlagan. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qashqadaryoda “jihodchilar” oqimining 8 nafar a’zosi qamaldi
Ularga 6 yildan 10 yil-u 6 oygacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
1500 dan ortiq o‘zbekistonlik Sloveniyada ish topishi mumkin
Sloveniyada xorijlik ishchilar, shu jumladan O‘zbekistondan kelgan ishchilar uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud. Bu haqda Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev ma’lum qildi.
Vengriya O‘zbekistonga havo erkinligining beshinchi darajasini berdi
O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasida transport-logistika sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52323 | Инструменты