19-iyul: O'tgan tunning eng qaynoq futbol yangiliklari bir sahifada

* Mavsumoldi o'rtoqlik o'yinlari doirasida kechgan bahsda MYU "Kristal Pelas"ni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. O'yin davomida Harri Maguayr to'pga tekkanda muxlislar tinimsiz xushtakbozlik qilishgan;

* Jelson Bremer "Torino"dagi jamoadoshlari bilan xayrlashdi. Tez orada u "Yuventus" bilan shartnoma imzolashi kutilyapti;

* Rasman: "Bavariya" Matteys de Lixt bilan 2027-yilgacha shartnoma imzoladi. Klub ijtimoiy tarmoqlarda uni o'z o'yinchisi sifatida tanishtirdi;

* Rasman: Joao Kanselu yangi mavsumdan boshlab "Manchester Siti" tarkibida 7-raqam ostida to'p suradigan bo'ldi;

* PSJ hujumchisi Lionel Messining "Instagram"dagi akkountida obunachilar soni 350 mlndan oshdi. Bu borada yaqqol yetakchi MYU forvardi Krishtianu Ronaldu hisoblanadi;

* Mavsumoldi o'rtoqlik o'yinlari doirasida kechgan bahsda "Barselona" "Inter Mayami" klubini 0:6 hisobida mag'lubiyatga uchratdi;

* "Yuventus" "Fiorentina" himoyachisi Nikola Milenkovichni sotib olmoqchi. Klub De Lixtdan keyin jamoa himoyasini kuchaytirmoqchi;

* Yulian Nagelsmann: "Barselona" puli yo'q bo'lsa ham, o'zi istagan futbolchini sotib ololadigan dunyodagi yagona jamoa bo'lsa kerak. Bu qandaydir aqlbovar qilmas jarayon, ularga qoyil qolish kerak";

* Aleksandr Zinchenko "Arsenal" uchun Orlando shahrida tibbiy ko'rikdan o'tdi. Tez orada rasmiy shartnoma imzolanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10619 | Инструменты